TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiyaning Bransk viloyatidagi “Drujba” neft quvuri Novozibkovo neftni o‘tkazish stansiyasi o‘qqa tutildi. Bu haqda “Transneft” prezidenti maslahatchisi, matbuot kotibi Igor Domin RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Stansiya hududiga snarad tushishi natijasida jabrlanganlar yo‘q, shikastlangan joylar ta’mirlovchi brigada kuchlari bilan bartaraf etilmoqda. “Drujba” neft quvuri odatdagidek ishlayapti”, - degan Domin.
Uning aniqlik kiritishicha, hodisa 31-yanvar kuni kechqurun ro‘y bergan.
Novozibkovo neftni o‘tkazish stansiyasidan yuklamalar ortib ketgan paytda bir marta foydalaniladi. Uni oxirgi marta o‘tgan yili bir necha soatga ishga tushirishgan.
Bransk viloyatining favqulodda xizmatlari RIA Novostiga Ukrainadan uchirilgan snarad Mamay posolkasi yaqinidagi dalasha kelib tushganini tasdiqlagan.
“Drujba” neft quvuri Samara viloyatidan boshlanib, Branskdan o‘tadi va keyin ikki qismga bo‘linadi: shimoliy qismi Belarus, Polsha va Germaniya hududidan o‘tadi, janubiy qismi esa Ukraina, Chexiya, Slovakiya va Vengriyadan o‘tadi.