Toshkentda fashistlarning Stalingrad yaqinida tor-mor etilganining 80-yilligi nishonlanadi

Gul qo‘yish marosimi 2-fevral kuni soat 11:00 da Volgograd memorial majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. 2-fevral kuni Toshkentda fashist nemis qo‘shinlarining Stalingrad jangida tor-mor etilganining 80-yilligi munosabati bilan Mangu olovga tantanali ravishda gulchambar va gullar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rus uyi matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya elchixonasi va Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi barchaxohlovchilarni ushbu xotira tadbirida ishtirok etishga taklif qilgan.
Gul qo‘yish marosimi 2-fevral kuni soat 11:00 da Volgograd memorial majmuasida bo‘lib o‘tadi.