Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida prezident sanoat korxonalari va yangi uy-joylarni ko‘zdan kechiradi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida sanoat korxonalari va yangi uy-joylarni ko‘zdan kechirish, yoshlarga kasb o‘rgatish va aholi bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, davlat rahbari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham bo‘ladi.