TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFA) Ijroiya Qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili sifatida saylandi.
O‘FA xabariga ko‘ra, OFK Ijroiya qo‘mitasi yangi tarkibining vakolat muddati 2023-yildan 2027-yilgacha etib belgilangan.
Avvalroq o‘zbekistonlik sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi prezidenti qoshidagi (RFI) ekspert-hakamlar komissiyasining doimiy a’zosi bo‘lgani xabar qilingan edi.