TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qozog‘istonning “FlyArystan” loukoster aviakompaniyasi Olmaota — Samarqand yo‘nalishidagi reyslarni tiklamoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
“Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi 2023-yil 15-martga belgilangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “FlyArystan” — Qozog‘istonning arzon aviatashuvlarni amalga oshiruvchi kompaniyasi. Uning shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik “Air Astana” aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.