Prezident Andijonda tajriba sifatida qurilgan yig‘ma uylar bilan tanishdi - foto

Bunday uylar kamxarjatli, issiq-sovuq va yong‘inga chidamli va ularni qurish ham oson.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Andijonga safari chog‘ida Sadda tagi mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu mahallada joylashgan Mamadaliyevlar hovlisida tajriba tariqasida yig‘ma uylar qurilgan edi. Endi har bir oilaning o‘z uyi bor.
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Prezident mezbonlarni yangi uylar bilan muborakbod etdi. Binoning loyihasi, qurilish materiallariga e’tibor qaratdi.
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Aytilishiga ko‘ra bunday uylar kamxarjatli, issiq-sovuq va yong‘inga chidamli va ularni qurish ham oson.
- Uy insonning eng asosiy ehtiyojlaridan biri. Ham davlat, ham tadbirkorlar tomonidan ko‘plab turar joylar qurilayotgani xalqimiz manfaatini ta’minlayapti. Tanlov imkoniyatini kengaytirish uchun, ehtiyojmandlar uchun bunday arzon uylar ham kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumki, Andijon viloyatida aholi zich joylashgan. Uy-joyga talab katta. Bunday uylar kelajada uy joy muammosini hal qilishda yordam berishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Shavkat Mirziyoyev bunday uylarni ko‘paytirish, ular uchun zarur qurilish materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane