TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Endi Oltoy Toshkent viloyatiga chorva mollari yetkazib beradi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Oltoy Respublikasida faoliyat olib boruvchi “Merkit” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Aleksandr Kulakov bilan uchrashdi.
Muloqotda hududlarda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Toshkent viloyati hokimligi
© Toshkent viloyati hokimligi
Uchrashuv davomida Oltoydan Toshkent viloyatiga yirik zotdor chorva mollari yetkazib berish va ko‘paytirish masalasi alohida muhokama etildi.
Qayd etilishicha, endilikda Oltoy Toshkent viloyatiga chorva mollari yetkazib beradi.
Toshkent viloyati hokimligi
© Toshkent viloyati hokimligi
Shuningdek, sohada eksportga yo‘naltiriladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ajratilgan maydonlardan unumli foydalanish borasidagi takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida Toshkent viloyatida chorvachilik yo‘nalishida imkoniyatlarni yanada kengaytirishga alohida urg‘u berildi.