OAV: Qo‘shma Shtatlar ukrainaliklardan tajriba “quyonchasi” sifatida foydalanmoqda

Turkiyalik jurnalist ukrainaliklarni haqiqiy dushmani kim ekanligi haqida o‘ylashga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari biologik laboratoriyalar yordamida ukrainaliklardan tajriba “quyonchasi” sifatida foydalanmoqda, deya yozadi Turkiyaning dikGAZETE nashri sharhlovchisi Erhan Altiparmak.
Uning qayd etishicha, maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishi Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalari tarmog‘ini ochish imkonini berdi.

“Balki, Zelenskiy Amerikaning ushbu loyihasi haqida bilgan holda bu tajribalar uchun o‘z xalqini qurbon qilish darajasiga ataylab borgandir? Ko‘rinib turibdiki, ukrainalik siyosatchilar o‘z pozitsiyasini xalq foydasiga o‘zgartirmaydi va Vashington yetakchiligidagi siyosatni davom ettiradi”, — deydi jurnalist.

Uning fikricha, ukrainaliklar muammoni o‘zlari hal qilib, ularni “quyoncha” sifatida foydalanayotgan amerikaliklarga qarshi turishi kerak.
Shuningdek, u hozir AQSh biologik laboratoriyalarni boshqa davlatlarga o‘tkazib, dunyoda haqiqiy biologik xavf tug‘dirayotganini qo‘shimcha qildi.
Jurnalist so‘zi yakunida ukrainaliklarni haqiqiy dushmani kim ekanligi haqida o‘ylashga chaqirdi.

Mavzuga oid:

Rossiya Ukrainadagi AQSh harbiy-biologik loyihalarini to‘xtatishning uddasidan chiqdi
Pentagon bioloyihalarni Ukrainadan Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropaga ko‘chirapti
Rossiya AQSh va Ukrainaning bioqurol qismlari bilan ishi dalillarini taqdim etdi
AQSh ukrainlarda biotadqiqot o‘tkazganini tan oldi