Andijonga odamlarning daromadini oshirish uchun keldik – Mirziyoyev

Mutasaddilarga ilmiy institutlarga buyurtma berib, import bo‘layotgan xomashyo materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi “Elegant shoes and” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya “Elegant shoes and” v Shaxrixanskom rayone.
500 kishi mehnat qilayotgan korxonaning asosiy mo‘ljali eksport. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 4 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
“Charm sanoati ham drayverga aylanyapti, korxonalar ko‘payapti. Endi ularga kafolatlangan xomashoni ta’minlab berish kerak. Ikkinchidan, kasanachilik asosida uyda o‘tirgan ayollarni ham jalb qilish zarur. Umuman, bunday ilg‘or korxonalarning rivojlanishiga ko‘mak berib, klasterga aylantirish mumkin”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya “Elegant shoes and” v Shaxrixanskom rayone.
Mutasaddilarga ilmiy institutlarga buyurtma berib, import bo‘layotgan xomashyo materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya “Elegant shoes and” v Shaxrixanskom rayone.
Davlat rahbari, shuningdek, korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya “Elegant shoes and” v Shaxrixanskom rayone.
“Bugun Andijonga tadbirkorlikni kengaytirish, barqaror energiya manbalari yaratish, odamlarning daromadini oshirish uchun keldik. Oyliklaringiz qachon oshadi? Chiqarilayotgan mahsulotning bozori chaqqon bo‘lsa. Buning uchun sifat, bilim, malaka kerak. Shu bois xotin-qizlarimizning kasb egallashiga alohida e’tibor qilyapmiz. Ona rozi bo‘lsa, oila ham, jamiyat ham rozi bo‘ladi”, - dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya “Elegant shoes and” v Shaxrixanskom rayone.
Eslatib o‘tamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketgandi.