Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Dunyodagi eng kuchli “Tulpan” minomoti Ukraina qo‘shinlari o‘q-dorilarini yakson qildi

“Tulpan” – 240 millimetr kalibrli dunyodagi yagona minomot sanaladi. Undan Rossiya harbiylari maxsus harbiy operatsiya davomida faol foydanalishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Birinchi slavan brigadasi jangchilari Donesk yo‘nalishida dunyodagi eng kuchli o‘ziyurar 2S4 “Tulpan” minomoti bilan Ukraina harbiylarining o‘q-dorilarini yakson qilishdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Dushman o‘q-dorilari qayerda saqlanayotgani haqida ma’lumot olingandan so‘ng 240 millimetrli snarad berkitilgan joyni teshib o‘tgan va ularni portlatib yuborgan.
“Tulpan” – 240 millimetr kalibrli dunyodagi yagona minomot. Oddiy snarad bilan o‘q uzish masofasi 10 kilometr, faol reaktiv snarad bilan 20 kilometrgacha bo‘lgan masofasini tashkil etdi.