Sement ishlab chiqarish ikki baravar o‘sdi - hisobot

Qurilish materiallari sohasida o‘tgan yilda 1,8 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va gazobeton, gipsokarton, gips va quruq aralashmalar, santexnika kabi talabgir mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi va eksporti miqdori sezilarli o‘sdi. Bu haqda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" ma’lum qildi.

Qurilish materiallari sohasida 2022-yilning asosiy ko‘rsatkichlari:

Qurilish materiallari ishlab chiqish - 30,7 trln so‘m;
Sement ishlab chiqarish hajmi 14,6 mln tonna (+102,9 %);
Mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilgan mahsulot - 1,4 trln so‘m (+152%);
Eksport hajmi - 608,0 mln dollarni (+138,7 %ni) tashkil qilgan va eksport geografisi kengaygan. An’anavaiy Qozog‘iston, Rossiya Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan kabi davlatlardan tashqari Tailand, Belgiya, Fidji, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Belarus, Iroq, Braziliya davlatlari hisobiga kengaytirildi;
Import hajmi esa - 593,6 mln dollarni tashkil qilgan.
Undan tashqari, 2022-yilda soha bo‘yicha 1,8 mlrd dollarlik, shu jumladan 1,08 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Ushbu investitsiyalar hisobidan gazobeton, gipsokarton, bazalt va chaqiq toshi, gips va quruq aralashmalar, burama mix, temir beton buyumlari, santexnika jihozlari, penopolistrol mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi.
Hisob kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda qurilish materiallari sohasida jami o‘sish 115 foizni tashkil etilishi kutilmoqda.