TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Rossiyani global yetakchilik masalasida o‘zining asosiy raqibi deb biladi va uni zaiflashtirish uchun har qanday ishni qiladi. Bu haqda DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Avvalroq NATO harbiy qo‘mitasi raisi admiral Rob Bauer alyans Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka tayyor ekanini aytgan edi.
“Rossiya G‘arb va birinchi navbatda AQSh uchun global yetakchilik masalasida asosiy raqib bo‘lib qolayotgani aniq. Shuning uchun endi Vashington uni zaiflashtirish uchun, shu jumladan, o‘zining mustaqilligi yo‘qligini yana bir bor tasdiqlagan Yevropadagi ittifoqchilari hisobiga har qanday choralarni ko‘radi”, — dedi Pushilin Bauerning bayonotiga munosabat bildirayotib.