TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Agar AQSh haqiqatan ham Ukraina xalqi haqida qayg‘ursa, qurol yetkazib berishni to‘xtatishi kerak. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina inqirozining bosh tashabbuskori va asosiy harakatlantiruvchi kuchidir, ular Ukrainani doimiy ravishda og‘ir va hujumkor qurollar bilan ta’minlab, mojaroni uzaytirib, uni yanada qizg‘in qilmoqda”, - dedi diplomat.
U Vashingtonni “urushdan foyda olishni bas qilishga” va “mas’uliyat bilan keskinlikni pasaytirishga yordam berishga” – “manfaatdor tomonlar”ning tinchlik muzokaralari uchun sharoit yaratishga chaqirdi.
Yaqinda Oq uy rahbari Jo Bayden Ukrainaga Amerikada ishlab chiqarilgan "M1 Abrams" tanklari yetkazib berilishini e’lon qilgandi.
Rossiya Ukrainada Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirishdi. Moskva bir necha marta G‘arb yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ mojaroni faqat cho‘zishi va ular Rossiya armiyasining qonuniy nishoni bo‘lishini ta’kidlagan.