Innoprom — 2023

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Innoprom” ko‘rgazmasi uchun 80 foiz joy band qilindi

Ko‘rgazmada, xususan, O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z ekspozitsiyalarini namoyish etadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Aprel oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi uchun maydonning qariyb 80 foizi band qilindi. Bu haqda tadbir tashkiliy qo‘mitasi xabar berdi.
24-26 aprel kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, hozirda ko‘rgazma o‘tkaziladigan maydonning qariyb 80 foizi band qilingan.
Ko‘rgazmada, xususan, O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z ekspozitsiyalarini namoyish etadi. Bundan tashqari, Rossiya sanoat va savdo vazirligi tomonidan innovatsion sanoat mahsulotlari stendi taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilda Toshkentda Rossiyadan tashqarida birinchi marta “Innoprom” ko‘rgazmasi o‘tkazilgan. O‘tgan yilning aprel oyida forum “Innoprom. Markaziy Osiyo” formatida bo‘lib o‘tgan. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, shuningdek, Vengriya, Italiya, Fransiyadan kelgan ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etgan.