Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlari bilan tanishdi - foto

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 30-yanvar kuni 85 yoshga to‘lgan bo‘lardi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlari bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev posetil kompleks imeni Islama Karimova
"Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrifi chog‘ida Birinchi Prezident muzeyini tashkil etish ishlari bilan ham tanishdi", - deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev posetil kompleks imeni Islama Karimova
Tashrif davomida prezidentga O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov, Tatyana Karimova va boshqalar hamrohlik qilishdi. Birinchi prezident xotirasiga fotiha o‘qildi.
Shavkat Mirziyoyev posetil kompleks imeni Islama Karimova
Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiylar Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yishgan edi.
Shavkat Mirziyoyev posetil kompleks imeni Islama Karimova
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 30-yanvar kuni 85 yoshga to‘lgan bo‘lardi. Karimov 1991-yil 29-dekabrdan 2016-yilning sentabriga qadar O‘zbekiston prrezidenti bo‘lgan. Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrda insult oqibatida 78 yoshida olamdan o‘tgan edi.
Shavkat Mirziyoyev posetil kompleks imeni Islama Karimova