Rossiya Ukrainadagi AQSh harbiy-biologik loyihalarini to‘xtatishning uddasidan chiqdi

Igor Kirillovning so‘zlarga ko‘ra, Pentagon Ukraina loyihalari doirasida yakunlanmagan tadqiqotlarni jadal Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga ko‘chirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi Vashingtonning harbiy-biologik loyihalarining amalga oshirilishini to‘xtatish uddasidan chiqdi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Radiatsiya, kimoviy va biologik himoya kuchlari (RKBH) boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov ma’lum qildi.
“Rossiya Mudofaa vazirligining faol xatti-harakatlari bilan Ukraina hududidagi harbiy-biologik loyihalarning amalga oshirilishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi”, - dedi Kirillov AQShning harbiy-biologik faoliyatiga taalluqli hujjatlar tahlili yuzasidan o‘tkazilgan brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sabab Pentagon Ukraina loyihalari doirasida yakunlanmagan tadqiqotlarni jadal Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga ko‘chirmoqda.
Shu bilan birga Afrika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari – Keniya, Singapur, Tailand bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.

Mavzuga oid:

Rossiya AQSh va Ukrainaning bioqurol qismlari bilan ishi dalillarini taqdim etdi
AQSh ukrainlarda biotadqiqot o‘tkazganini tan oldi
G‘arb biolaboratoriyalar faoliyatiga oid surishtiruvlardan qo‘rqadi – Polyanskiy
Koronavirus paydo bo‘lishida AQSh ishtirok etgan bo‘lishi mumkin - Rossiya Mudofaa vazirligi