TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 nafarga, jabrlanganlar soni 150 nafarga yetdi. Bu haqda Geo telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq 17 kishi halok bo‘lgani va 90 kishi yaralangani xabar qilingan edi.
“Xudkush hujumi tufayli 28 kishi halok bo‘ldi va kamida 150 kishi jabrlandi”, - deyilgan xabarda.
30 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:40 larda Peshovardagi masjidda ibodat vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgan.