Muhammad Kamalov o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Bu o‘zbekistonlik merganning Jahon kubogining 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturidagi ilk g‘alabasi hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Muhammad Kamalov o‘q otish bo‘yicha Indoneziyadagi Jahon kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kamalov musobaqada erkalar o‘rtasidagi 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida ishtirok etdi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘zbekistonlik mergan finalda turkiyalik Muhammad Kelesdan ustun keldi.
Muxammad Kamalov viigral Kubok mira po strelbe iz pnevmaticheskogo pistoleta na 10 metrov sredi mujchin.
Qayd etish joizki, bu o‘zbekistonlik sportchilarning jahon kubogida mazkur yo‘nalishdagi ilk g‘alabasi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyat bilan Kamalov jahon va Olimpiada reytingi uchun o‘z hisobiga 2000 ochkoni qo‘shib qo‘ymoqda.