Haftaning ilk kunida ob-havo qanday bo‘ladi?

Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.