Eng chiroyli tramvay yo‘lining yopilishi jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘ldi - foto

Tayga o‘rmonlari orqali o‘tgan eng tezurar shimoliy tramvoy yo‘lining yopilishi mahalliy aholi noroziligiga saba bo‘ldi va Tergov qo‘mitasining e’tiborini tortdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Rossiyaning eng chiroyli tramvay yo‘nalishi deb nom olgan Ust-Ilimsk tramvay yo‘nalishi 2022-yilning 22-dekabrida yopilgan edi.
Ust-Ilimskiy tramvay
Mahalliy manbalarga ko‘ra, bunga tramvay parkining va yo‘llarning eskirgani sabab bo‘lgan.
Ust-Ilimskiy tramvay
Ust-Ilimsk tramvay yo‘lini 1980-yillarda qurish boshlangan va 1988-yilda bitkazilgan. Tramvay yo‘nalishining uzunligi 15 km bo‘lib u kichik shahar markazini shahardan ancha chetda joylashgan sanoat zonasi bilan bog‘lab turgan. Oraliqda esa aholi dachalari joylashgan bo‘lgan. Sovet davrida tuzilgan rejaga ko‘ra shahar ushbu tramvay yo‘nalishi bo‘ylab bosqima-bosqich rivojlanib borishi kerak bo‘lgan.
Ust-Ilimskiy tramvay
Birinchi sonli tramvay yo‘nalishi daryo bo‘yi va haqiqiy Tayga o‘rmonlari orqali o‘tgani sababli chiroyli manzaralar Rossiyaning boshqa shaharlaridan ham sayyohlarni o‘ziga jalb qilgan. Tramvay eng shimoliy tezurar tramvay sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga ham kirgan.
Ust-Ilimskiy tramvay
Tramvay yo‘lining yopilishi mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular dekabr oyidan buyon minglab imzolar to‘plashdi va hukumatga ko‘plab murojaatlar yo‘llashdi. Shundan so‘ng Rossiya Tergov qo‘mitasi bunga e’tibor qaratishga majbur bo‘ldi. Qo‘mita rahbari Aleksandr Bastrikin 30-yanvar kuni ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6