TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. AQShning Moskvadagi yangi elchisi Linn Treysi bugun ilk bor Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga keldi. Bu yerda uni namoyishchilar kutib olishdi.
Aksariyat kishi AQShning tashqi siyosati va dunyo bo‘ylab olib borayotgan urushlariga qarshi plakatlar ko‘tarib olgan edi.
Ular orasida "Urush - AQShning biznesi", "Amerika - terrorchi davlat" degan shiorlar ham bor edi.