Tramp: Bayden bizni uchinchi jahon urushi yoqasiga keltirdi

AQShning sobiq prezidenti agar u prezident bo‘lganida, Rossiya va Ukraina o‘rtasida hech qachon mojaro chiqmagan bo‘lishini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi Amerika rahbari Jo Bayden insoniyatni uchinchi jahon urushi yoqasiga keltirdi deb hisoblaydi. Bu haqda Tramp Janubiy Karolina shtatidagi mitingda so‘zlagan nutqi davomida ma’lum qildi.
“Jo Bayden bizni uchinchi jahon urushi yoqasiga keltirdi. Agar kim bilmagan bo‘lsa, biz uchinchi jahon urushi ostonasida turibmiz”, - dedi Tramp. Uning so‘zlaridan “Newsmax” telekanali iqtibos keltirgan.
Tramp yana prezident etib qayta saylansa, kuch vositasi bilan sulh keltirishga va’da berdi va u agar prezident bo‘lganida, Rossiya va Ukraina o‘rtasida hech qachon mojaro chiqmagan bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
O‘tgan yil noyabrida Donald Tramp 2024-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSh prezidenti saylovida o‘z nomzodini ilgari surishini rasman ma’lum qilgandi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.