Shaxmat: nufuzli xalqaro musobaqada Abdusattorov ikkinchi, Sindarov uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar “Tata Steel Chess-2023" shaxmat musobaqasida munosib ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Niderlandiyada nufuzli “Tata Steel Chess-2023" shaxmat musobaqasi yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchilar munosib ishtirok etishdi.
Javohir Sindarov musobaqaning so‘nggi bosqichida niderlandiyalik Tomas Berdsenni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu g‘alabadan so‘ng Sindarov ochkolarini 8.5 taga yetkazib oldi va "Chellenjer" guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Djavoxir Sindarov
“Masters” guruhida Nodirbek Abdusattorov musobaqani 8 ochko bilan 2-o‘rinda yakunladi. O‘zbekistonlik shaxmatchi so‘nggi turda mezbon Yorden van Forestga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Nodirbek Abdusattorov
Abdusattorovni ochkolar hisobida ta’qib etib kelgan Giri Anish esa o‘z bellashuvini g‘alaba bilan yakunladi. Shu tariqa 8.5 ochko jamg‘argan niderlandiyalik shaxmatchi musobaqa chempioniga aylandi.
Qayd etish joizki, Nodirbek Abdusattorov bu musobaqa doirasida jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozonishga erishgan edi.