TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) kasalxonalarni o‘qqa tutishi – harbiy jinoyat. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Faoliyat yuritayotgan fuqaroviy tibbiyot muassasalarini ataylab o‘qqa tutish va tinch aholini bila turib o‘ldirish Kiyev rejimi va uning g‘arblik xo‘jayinlarining og‘ir harbiy jinoyatlaridir”, - deyiladi bayonotda.
Rossiya TIV hodisa tashkilotchilari va ijrochilari uchun jazo muqarrarligidan ogohlantirdi.
“G‘arb shafeligi ostida Kiyevning qurolli guruhlari tomonidan sodir etilayotgan bu jinoyatlar jazosiz qolmaydi. Ular diqqat bilan qayd etilmoqda. Tashkilotchilar va ijro etuvchilar muqarrar jazolanadi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya TIV AQSh va NATOning boshqa mamlakatlari bu hodisaga munosabat bildirmagani yana bir bor ularning Ukraina mojarosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etayotgani va sodir etilayotgan jinoyatlarga aloqadorligidan dalolat berishini ta’kidlagan.
“Bunday xatti-harakatlarga xolis baho berishi kerak bo‘lgan xalqaro tuzilmalar ham sukut saqlamoqda”, - deya qayd etgan vazirlik.
UQK 28-yanvar kuni Novoaydar (LXR) va Novaya Kaxovkadagi (Xerson viloyati) kasalxonalarni o‘qqa tutdi. Novoaydardagi kasalxonaga Amerikaning HIMARS quroli bilan zarba berilgan. Natijada 14 kishi halok bo‘ldi va 24 kishi yarador bo‘ldi. Novaya Kaxovkadagi kasalxonani artilleriya bilan o‘qqa tutishgan. Kasalxona hududida snaradlarning ko‘pi portlagan.