Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Bu yo‘nalishdagi muntazam reyslar har shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Ozarbayjonning AZAL (“Azerbaijan Airlines”) aviakompaniyasi Boku va Urganch o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.
Boku-Urganch yo‘nalishidagi ilk reys 28-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:33 da Urganch aeroportiga kelib qo‘ngan. Muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Urganch va Boku o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
Eslatib o‘tamiz, Urganch Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O‘zbekistondagi to‘rtinchi shahar bo‘ldi. Hozir u Bokudan Toshkent, Samarqand va Farg‘onaga parvozlarni amalga oshirib kelayotgan edi.