Surxondaryoda topilgan ayiq bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi – foto

Qizil kitobiga kiritilgan Tan-Shan qo‘ng‘ir ayiqchani mutaxassislar nazorat qilishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Uzun" davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida topilgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi Toshkent hayvonot bog‘igatopshirildi. Bu haqda poytaxt hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ochlik sababli ayiqchaning hayoti xavf ostida bo‘lgan.
“Kichkintoyning vazni juda oz. Ayiqlar odatda qishki uyquga ketishdan oldin ko‘klamga yetib olishga imkon beruvchi qalin yog‘ qatlamini to‘plashi lozim ekani inobatga olinsa, ayiqcha omon qolmasligi mumkin edi”, -deyiladi xabarda.
Shu sabab jonivor reabilitatsiya markaziga o‘tkazilgan va mutaxassislar nazoratiga olingan. Unga qulaylik yaratish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan yolg‘iz yurgan bir bosh ayiq bolasi topilgani xabar qilingan edi. U Qizil kitobiga kiritilgan Tan-Shan qo‘ng‘ir ayiq turiga mansub.