TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Zirali choy oshqozon va jigar kasalliklarida foyda beradi. Zirani ko‘plab dori-darmonlar tarkibida uchratish mumkin, lekin uni ko‘pincha hech qanday boshqa narsa qo‘shmasdan choy sifatida damlab ichish tavsiya etiladi.
Zira ishtahani yaxshilash uchun hamda oshqozondagi sanchiq, o‘t pufagi va jigardagi og‘riqlar, shuningdek, yo‘talga qarshi foydali tabiiy vosita hisoblanadi.
Mutaxassislar haddan tashqari to‘lalikda, meteorizm (qorin dam bo‘lishi)da, oshqozon-ichak yo‘llaridagi yengil xastaliklarda, yurak kasalliklarida va emizikli bolalarda ovqat hazm qilish jarayoni buzilganida zirani muayan tarzda iste’mol qilish nihoyatda foydali ekanini ta’kidlashadi.
Zirali choy damlash retsepti
To‘la 1 choy qoshiq yanchilgan zira ustidan 1/4 l litr qaynab turgan suv quyiladi va 10 minutdan so‘ng dokadan o‘tkazib olinadi. Ziradan damlangan bunday choyni iliq holatda oz-oz ho‘plab ichish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu choy oshqozon hazm yo‘llarining dam bo‘lishi va ichaklar siqilib qolishini bartaraf etadi.
Shuningdek, 1-5 g yanchilgan zira ustidan 100 ml qaynab turgan suv quyiladi, 10-15 minut tindiriladi. Tayyorlangan damlamani 2-3 ga bo‘lib ovqatlanishdan oldin ichiladi.
Zirani iste’mol qilib bo‘lmaydigan holatlar
Oshqozon yarasi, yurak ishemik kasalligi, tromboflebit, gastrit, infarkt, tromboz, qandli diabetda zirani alohida o‘zini iste’mol qilish mumkin emas.