Xorazmda avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi zovurga tushib ketdi

Xorazmda avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi zovurga tushib ketdi
Bugun “NEXIA-3” rusumli avtomobil haydovchisi ehtiyotizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Urganch shahar Navro‘z shaharchasidan oqib o‘tvchi zovurga tushib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Xorazm viloyatida avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi zovurga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun “NEXIA-3” rusumli avtomobil haydovchisi ehtiyotizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Urganch shahar Navro‘z shaharchasidan oqib o‘tvchi zovurga tushib ketgan.
Xorazmda avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi zovurga tushib ketdi
Xorazmda avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi zovurga tushib ketdi
Bu haqda soat 08:23 da Xorazm viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobillarni zovurdan olib chiqishdi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.