Toshkent hayvonot bog‘ida antilopa dunyoga keldi – foto

Garnalar bog‘da 2021-yildan beri istiqomat qilishadi va uchinchi yil ketma-ket bittadan uloqcha tug‘ilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida antilopa dunyoga keldi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yaqinda hayvonot bog‘ida garna antilopalar oilasida yangi mehmon tug‘ildi, 15-yanvar kuni qizaloq dunyoga keldi.
Garnalar bog‘da 2021-yildan beri istiqomat qilishadi va uchinchi yil ketma-ket bittadan uloqcha tug‘ilmoqda.
Garnalarning homiladorlik davri o‘rtacha 5,5 oy davom etadi. Urg‘ochilar asosan 3,5-4 kg og‘irlikdagi bitta bola dunyoga keltiradilar. Bir necha soat o‘tiboq, uloqcha yugurishi mumkin va 2 oylik bo‘lib yosh garna deyarli mustaqil bo‘ladi.
“Biz ushbu daqiqani intiqlik bilan kutmoqdamiz. Ungacha esa, keling, kichkintoy garna uchun birgalikda nom tanlaylik”, deyiladi xabarda.
1 / 8
2 / 8
3 / 8
4 / 8
5 / 8
6 / 8
7 / 8
8 / 8