TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Endi eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma berish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
30 yanvardan haydovchilik guvohnomasi uchun my.gov.uz orqali buyurtma berish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Buyurtma berishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
bo‘sh qatorlarni shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldirish;
tegishli bandlarni tanlash;
yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzilni ko‘rsatish;
mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yish.
So‘ngi qadamda BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.
Buyurtma ko‘rib chiqilib, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 2 kunda pochta orqali yetkaziladi. Pochta xodimi sizdan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonni oladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan edi. Adliya vazirligi guvohnomaga imzo chekish tartibida o‘ziga yarasha xalqaro talablar borligi va ko‘p davlatlarda bunday imzo chekish tartibi yo‘q eknligini qayd etgan.