Dzudo: O‘zbekistonlik sportchi Gran-pri musobaqasida chempion bo‘ldi

Almada shahrida dzudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining 1-kuni yakuniga yetdi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi kunni 1 ta oltin medal bilan tugatdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Almada shahrida dzudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Muhriddin Tilovov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Almada shahrida dzudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining 1-kuni yakuniga yetdi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi kunni 1 ta oltin medal bilan tugatdi.
-66 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Muhriddin Tilolov kun qahramoniga aylandi.
Muhriddin Tilovov
Qashqadaryolik polvon bugun yo‘liga ro‘baro‘ bo‘lgan barchani, hatto finalda ikki karra Olimpiada sovrindori koreyalik An Baulni dog‘da qoldirdi.
Afsuski, -57 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda britaniyalik Nekoda Smit-Devis Nilufar Ermaganbetovadan ustun keldi.