Bugun ayrim hududlar +10 darajagacha isiydi

Bugun Surxondaryo viloyatida harorat kunduzi +5-10 darajagacha isiydi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Bugun sovuq havo harorati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va respublikaning tog‘li hududlarida kuzatiladi. Harorat kechasi -8-13 daraja sovuq, kunduzi +0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi -3-5 daraja sovuq, kunduzi +4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida harorat kunduzi +5-10 darajagacha isiydi.