TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. 1944 yil 27-yanvar kuni Leningrad qamaldan to‘liq ozod qilingan edi.
Urush boshida Germaniya Leningradni 4 hafta ichida zabt etishni rejalashtirgan edi, lekin Qizil armiya va shahar aholisidan tuzilgan himoya kuchlari shaharni mustahkam istehkomga aylantirishdi. Shahar atrofida uchta mudofaa chizig‘i qurildi: 626 km tankka qarshi xandaqlar, 15 ming dotlar, 35 km barrikadalar.
1941 yil 8-sentabr kuni boshlangan qamal 872 kun davom etadi. Bugungi kunda ma’lum bo‘lishicha qamalda 1 mlndan ortiq kishi vafot etgan, ularning aksariyati ochlikdan.
Leningradni qamali 1943-yil yanvarida yorib o‘tilgan bo‘lsada, lekin shaharni to‘liq ozod qilish uchun yana 375 kun kerak bo‘ldi.