Samarqandning tog‘li hududlarida boychechak gullari ochildi

Nurobod tumanidagi qishloqda hali qor-muzlar qisman erigan bo‘lishiga qaramay boychechaklar ochilib, odamlarga bahoriy kayfiyat ulashmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida boychechak gullari ochildi. Bu haqda Tabiat resurlari vazirligi xabar berdi.
Mamlakatda kuzatilgan sovuq ob-havo qish fasliga xos bo‘lgan manzaralarni namoyon etdi.
Nurobod tumanining Tepaqul qishlog‘ida hali qor-muzlar qisman erigan bo‘lishiga qaramay boychechaklar ochilib, odamlarga bahoriy kayfiyat ulashmoqda.
Boychechak
“Boychechaklarning ochilishi qishning ortga chekinib, bahor yaqinlashayotganidan bir darakdir”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zarafshon milliy tabiat bog‘i va Surxon davlat qo‘riqxonasining ayrim hududlarida bahoriy gullar ochilgan edi. Yog‘ingarchilik va iliq havo sababli o‘simlik dunyosida vegetatsiya holati sodir bo‘lgan.