Qambarota GESi Markaziy Osiyoda energiya taqchilligini hal qiladi - ekspert

Rossiyalik ekspert Andrey Grozin Qirg‘izistonda qurilayotgan Qambarota GESi Markaziy Osiyo uchun qanday ahamiyatga ega ekanini aytib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Qirg‘izistonda qurilayotgan Qambarota GESi Markaziy Osiyoning energetik muammolarini hal qilishi mumkin.
Bu haqida MDH davlatlari institutining Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Andrey Grozin Sputnik muxbiri Tatana Gavrilova bilan suhbatda gapirdi.
Ushbu yil qishda energetika inqirozi mavzusi O‘zbekiston va Qirg‘izistonda juda dolzarb bo‘lib qoldi. G‘ayritabiiy sovuqlar katta o‘chirishlarni, shuningdek, isitishdagi uzilishlarni keltirib chiqardi.
Umumiy muammo mamlakatlarni uzoq yillik Qambarota GES loyihasini faol muhokama qilishga qaytishga undadi. O‘zbekiston - Qozog‘iston va Qirg‘iziston birgalikda ushbu GESni qurib bitkazishga kelishib olishdi.
Yangi GES O‘zbekiston energetika tizimiga qanday ta’sir qiladi? Ushbu loyihada Rossiyaning roli qanday? Bularning barchasi haqida Sputnik videolavhasida, rus tilida tanishish mumkin.