O‘zbekistonning yana 4 ta hududida Duty Free do‘konlari ochiladi

Buxoro va Farg‘ona shaharlari hamda “Do‘stlik” (Andijon) va “G‘ishtko‘prik” (Toshkent viloyati) chegara bojxona postlarida boj olinmaydigan savdo do‘konlari paydo bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. O‘zbekistonning yana 4 ta hududida Duty Free do‘konlari ochiladi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro va Farg‘ona shaharlari hamda “Do‘stlik” (Andijon) va “G‘ishtko‘prik” (Toshkent viloyati) chegara bojxona postlarida boj olinmaydigan savdo do‘konlari paydo bo‘ladi.
Duty Free do‘konlarida mehmonlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aviachiptani ko‘rsatib o‘zlariga yoqqan tovarlarni xarid qilishlari mumkin. Xaridlar jo‘nash kunida xalqaro aeroportlarda topshiriladi.
Hozirgacha Samarqand va Xivada ham shunday do‘konlar ochilgandi.