"O‘lim fabrikasi" Osvensim ozod qilinganiga 78-yil to‘ldi - video

Osvensim yoki Aushvis-Birkenau, Gitler Germaniyasining eng yirik o‘lim fabrikasi bo‘lgan. Lager sobiq komendanti Rudolf Xess 2,5 mln kishi halok bo‘lgani haqida aytgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. 1945 yil 27-yanvar kuni Sovet qo‘shinlari Osvensim konslageridan asirlarini ozod etdi. Ular SSSR va bosib olingan Yevropaning tinch aholi vakillari edi
Chekinish paytida nemislar Osvensimdan 58 ming mahkumni olib ketgan, 2819 nafar asirni o‘limga tashlab ketgan. Qutqarilganlar orasida 180 nafar bola bo‘lgan. Eng kichigi 8 yoshga ham to‘lmagan.
Osvensim lager kompleksi, yoki Aushvis-Birkenau, eng yirik o‘lim fabrikasi edi. Gaz kameralarida azoblanganlar va krematoriylarda yoqib yuborilganlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Lager sobiq komendanti Rudolf Xess 2,5 mln kishi halok bo‘lgani haqida aytgan.
Eng ko‘p azoblanganlar – yahudiylar. O‘limdan oldin, mahkumlarning sochlarini kesishgan, tishlarini sug‘urib olishgan. Bolalar ustidan nihoyatda shafqatsiz tajribalar olib borilgan
Xess Nyurnberg jarayonlarida guvohlik qilgan. 1947-yilda u Osvensimda asirlar yoqilgan krematoriy oldida osib o‘ldiriladi.
2022 yil BMT da Polsha “Natsizmni qahramonlashtirishga qarshi kurashish” rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi.