TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Niderlandiya bosh prokurori “skif oltini” ko‘rgazmasi eksponatlarini Ukrainaga topshirishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"2021 yil oktabr oyida Apellyatsiya sudi “skif oltini” kolleksiyasini Ukrainaga topshirsh to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu qaror o‘z kuchida qolishi mumkin", deyiladi Niderlandiya bosh prokurorining juma kuni chop etilgan xulosasida.
Niderlandiya Oliy sudi qarorida aytilishicha, bu ish bo‘yicha qaror taxminiy ravishda 2023-yil 15-sentabrga belgilangan.
Sud kolleksiyani Ukrainaga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarganidan so‘ng, Qrim muzeylari ushbu qaror ustidan 2022-yil yanvar oyida Niderlandiya Oliy sudiga kassatsiya shikoyati berdi. Shundan so‘ng instansiya ish bo‘yicha ma’muriy ish yuritishni boshladi.
Ma’lumot uchun, Ikki mingga yaqin eksponatdan iborat "skif oltini" kolleksiyasi 2014-yilning fevral oyi boshida Amsterdamdagi Allard Pirson muzeyida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada namoyish etish uchun olib chiqib ketilgan edi. Undan so‘ng Ukrainada davlat to‘ntarilishi, Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Gollandiya sudi aslida Qrim muzeylariga tegishli bo‘lgan kolleksiyani Ukraina hukumatiga qaytarishga qaror qildi. Qrim muzeylari bunga qarshi shikoyat qilishdi. Kolleksiyada Sharqiy Qrim muzey-qo‘riqxonasi, Tavrida markaziy muzeyi, Baxchisaroy tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasi va Taurik Xersones muzey-qo‘riqxonasiga tegishli noyob ashyolar o‘rin olgan.