Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Zilzila episentri Toshkentdan 518 km janubiy-g‘arbda.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Bugun, 27-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:38 da (26.01.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 23:38 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 36,74 gradus shimoliy kenglik; 67,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 30 km. Zilzila episentri Toshkentdan 518 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston respublikasi hududida sezilish kuchi:
-Termiz tumanida 2 ball, 70 km;
-Termiz shahrida 2 ball, 72 km.