TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Finalda o‘zbek boksi qit’ada yetakchi ekanini namoyish qilgan o‘zbekistonlik sportchilar 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu esa umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov;
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev;
-67 kg: Bekzod Hamidov;
-71 kg: Nurislom Ismoilov;
-75 kg: A’loxon Abdullayev;
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev;
-86 kg: Shohjahon Abdullayev;
-92 kg: Nusrat Tohirov;
+92 kg: Jahongir Zokirov.
Kumush medal:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev.
Bronza medal:
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.
Terma jamoa a’zolari 28-yanvar kuni soat 16:00da Toshkentga qaytib kelishadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa yigitlar o‘rtasida 13 ta, qizlar o‘rtasida esa 11 ta vazn toifasida o‘tkazildi. Bahslarda umumiy hisobda 149 nafar bokschi jang qildi. Kecha o‘zbekistonlik bokschi qizlar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa o‘rtasida birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.