Shifokor-parhezshunos Mixail Ginzburgning so‘zlariga ko‘ra, musli qo‘shilgan nordon va sutli yeguliklar keksalar uchun eng foydali mahsulot hisoblanadi.
“Shuningdek, ichimlik bilan birga olma, sabzavotlar iste’mol qilish mumkin. Qolaversa, u bilan donli, bug‘doy kepagidan tayyorlangan non iste’mol qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - deydi shifokor.
Uning ta’kidlashicha, bunday yegulikda organizm uchun kerakli barcha foydali birikmalar, jumladan, oziq tolalari, vitaminlar, shuningdek, probiotiklar va muhim uglevodlar ham bor.
“Bunday ovqatlanish organizmni ateroskleroz (tanadagi butun arterial tomirlarga ta’sir qiladigan kasallik), qon bosimi oshishi, qandli diabet, shuningdek, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak saratoni kabi yosh bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni oldini oladi”, - deydi mutaxassis.