Bugun ba’zi joylarga tuman tushadi – O‘zgidromet

Prognozlarga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida -3...-5 daraja bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -2...+3 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida -3...-5 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +1...+3 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +0...-5 daraja bo‘ladi.