TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Soledardagi “Artomsol” korxonasi Artyomovsk shahri ozod qilingandan so‘ng qisqa muddat ichida qayta tiklanadi. Bu haqda Donesk xalq respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin ma’lum qildi.
“Artomsol”ni aniq qayta tiklaymiz, bu qisqa muddatda amalga oshiriladi, biroq Artyomovsk ozod qilingandan so‘ng”, - dedi Pushilish “Solovyev Live” efirida.
“Artomsol” – tuz qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropadagi eng yirik korxonalardan biri. Doneskning Soledar shahrida joylashgan. Bu yerda ilk tuz konlari XIX asr oxirida ishlashni boshlagan. “Artomsol” qo‘shma korxonasi 1976-yilda tashkil etilgan. Korxona Sovet Ittifoqidagi barcha tuzning 40% gacha ishlab chiqargan. Donbassdagi mojarolar boshlangunga qadar “Artomsol” tuzi 22 ta mamlakatga yetkazilgan.
Batafsil Sputnik videosida.