Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Amerika tanklari Zelenskiyga Qrimni egallashga yordam bermaydi - Sluskiy

Qayd etilishicha, Amerika tank bataloni Zelenskiyga Qrimni qaytarishga yoki maxsus harbiy operatsiya yo‘nalishini o‘zgartirishga yordam bermaydi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Amerika tank bataloni Vladimir Zelenskiyga Qrimni egallashga yoki Rossiya maxsus operatsiyasi yo‘nalishini o‘zgartirishga yordam bermaydi, Kiyev barcha hujumlarga keskin javob oladi. Bu haqda Rossiya Dumasining xalqaro ishlar qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy ta’kidladi.
Oq uy avvalroq Ukrainaga 31 ta "M1 Abrams" tanki yuborililishini tasdiqlagandi, ular bitta tank batalonini tashkil qiladi.

“Amerika tank bataloni Zelenskiyga Qrimni qaytarishga yoki maxsus harbiy operatsiya yo‘nalishini o‘zgartirishga yordam bermaydi. Yarim orolni egallashga bo‘lgan har qanday urinishlar qattiq javob oladi. Ishonchim komilki, Rossiya hujumi G‘arb qurollarining navbatdagi qurol yetkazib berishi bilan to‘xtatilmaydi”, - dedi Sluskiy.

Shuningdek, u barcha Amerika yoki Germaniya tanklari Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishon ekanligini ta’kidladi.

“G‘arb, aslida, Ukraina plasdarmida va qo‘g‘irchoq Kiyev rejimining qo‘llari bilan Rossiyaga qarshi harbiy to‘qnashuv olib bormoqda”, - dedi u.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.