TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning Ukrainaga tanklar yetkazib berish to‘g‘risidagi bayonotlari Rossiyaga qarshi oldindan rejalashtirilgan urushni tasdiqlaydi, deb hisoblaydi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Diplomat kuni kecha Yevropa kengashi Parlament assambleyasi yig‘ilishida Berbok Yevropa mamlakatlarini Ukraina himoyasi uchun ko‘proq, xususan, tanklar borasida ham sa’y-harakat qilishga chaqirganini eslatdi. Berbokning so‘zlariga ko‘ra, “eng muhim va hal qiluvchi narsa” Yevropa mamlakatlari buni birgalikda qilishlaridan iborat, chunki ular bir-birlariga emas, balki Rossiya qarshi urush olib borishmoqda.
“Agar bunga Merkelning (Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel)” ular Ukrainani mustahkamlashgani va Mins kelishuvlaridan umid qilishmagani haqidagi ro‘yirost gapirishlarini qo‘shsa, gap Rossiyaga qarshi oldindan rejalashtirilgan urush haqida bormoqda. Keyin yana “siz eshitmabsiz” demang”, - deya yozdi Zaxarova o‘zning Telegram-kanalida.
Merkel 2022-yil 7-dekabr kuni 2014-yilgi Minsk shartnomalari aslida Ukrainani qurollantirish uchun vaqt yutishga urinish bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Ukraina esa bundan kuchayish uchun foydalangan.
2023 yil 25-yanvar kuni Germaniya hukumati Ukrainaga “Leopard 2” tanklarini jo‘natishini ma’lum qildi.
Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Berlinning Ukrainaga tanklarni yuborish haqidagi qarorini “o‘ta xavfli” deb atadi. Uning fikricha, bu “mojaroni qarama-qarshilikning yangi darajasiga ko‘taradi”.