Ko‘pchilik nonushtada iste’mol qilishga odatlangan buterbrod yoki sariyog‘li, pishloqli non salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Gastroenterolog Sergey Valovning so‘zlariga ko‘ra, bunday nonushta oshqozon osti beziga og‘irlik yuklab, pankreatitga olib kelishi mumkin. Chunki yog‘li mahsulot yoki yog‘li ovqat oshqozon osti bezida safro oqimini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari, nonushtada muntazam buterbrod iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi uchun xavfli. Hayvon yog‘lari qonda xolesterin va triglitseridlar miqdorini oshiradi. Bu aterosklerozning tez rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
“Ateroskleroz toshmalar yurakka qon oqimini to‘sib qo‘yadi. Oqibatda yurak kasalliklari-stenokardiya va infarktga chalinish mumkin”, - deydi shifokor.
Ta’kidlanishicha, buterbrodni umuman iste’moldan chiqarish shart emas. Muvozanatlashtirilgan ratsionda hayvon yog‘lari, o‘simlik yog‘lari va mahsulotlari ham birdek bo‘lishi zarur.