Peskov Putin va Zelenskiyning oxirgi suhbati qachon bo‘lganini aytdi

Putin va Zelenskiy 2019-yilda Parijdagi “normand formati”dagi sammitda uchrashgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi bir necha yil davomida Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qilmagan. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Putin va Zelenskiy 2019-yilda Parijdagi “normand formati”dagi sammitda uchrashgan edi. Shu bilan birga, o‘shanda Rossiya prezidenti Ukraina rahbari, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va o‘sha paytdagi Germaniya kansleri Angela Merkel bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazgandi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng Putin Zelenskiy bilan bir necha bor telefon orqali suhbatlashgan - 2020-yil fevral va iyul oylarida. O‘shandan beri hech qanday aloqa haqida xabarlar yo‘q.
Bir necha yillar davomida Putinning Ukraina prezidenti bilan na yuzma-yuz, na telefon orqali aloqalari bo‘lgan deb tushunish to‘g‘rimi, degan savolga Peskov "ha" deb javob bergan.
2021 yil oktabr oxirida Kremlda Kiyevning harakatlari va Zelenskiy bilan muloqot qilishdagi qiyinchiliklar tufayli ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi uchun alohida istiqbol yo‘qligi aytilgan.