TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Tailand poytaxti Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha U 22 Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchi qizlar umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Qit’a birinchiligining qizlar o‘rtasidagi final bahslarida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Ular 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.
Natijalar:
oltin medal: Farzona Fozilova (-48 kg), Sabina Boboqulova (-50 kg), Feruza Kazakova (-52 kg), Nigina O‘ktamova (-54 kg), Navbahor Hamidova (-66 kg);
kumush medal: Sitora Turdibekova (-57 kg), Aziza Zokirova (-70 kg), Sohiba Ro‘zmetova (-75 kg);
bronza medal: Ziyoda Yarasheva (-63 kg), Sahobat Husanova (-81 kg).
Ertaga yigitlar o‘rtasidagi final janglari o‘tkaziladi. Unda 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi chempionlik uchun bahs olib boradi.