TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi joriy yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi quvvatlarini yuklash uchun Turkmanistonning "Petronas Çarigali" kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va "Petronas Çarigali" kompaniyasi delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu masala muhokama qilindi. Tomonlar Turkmanistondan O‘zbekistonga neft yetkazib berish dasturini birgalikda tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Predstaviteli AO "Uzbekneftegaz" i kompanii "Petronas Charigali Sdn Bxd" obsudili perspektivi sotrudnichestva v neftanoy otrasli
"Petronas Çarigali" Kaspiy dengizining turkman shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaning “Gazprom” rahbari Aleksey Miller bilan gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni imzolagani xabar qilingan edi.