O‘zbekiston Islom san’ati biyennalesida ishtirok etmoqda - foto

Biyennaleda O‘zbekistonning boy Islom madaniyatini o‘zida mujassam etgan 17 ta noyob muzey ashyolari taqdim etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Saudiya Arabistonining Jidda shahrida birinchi Islom san’ati biyennalesining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Biyennaleda jamg‘arma tomonidan O‘zbekistonning boy Islom madaniyatini xalqaro jamoatchilikka keng yoritib beruvchi qadimiy o‘lka turmush tarzi va gazlama matolar - jilosini o‘zida mujassam etgan 17 ta noyob muzey ashyolari taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazma VIII asrga oid muborak Katta Langar Qur’oni, X-XII asrlarga taalluqli Samarqand va Afrosiyob sopol ko‘za va kosalari, mashhur muhaddis al-Buxoriyning XVII asrga mansub "as-Sahih" kitobi nusxasi, buxorocha erkaklar to‘nlari va poyabzallar hamda boshqa buyumlardan iborat.
Islom san’ati biyennalesi Diriya biyennale jamg‘armasi tomonidan Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. U 23-aprelga qadar davom etadi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9